1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada Telegram orqali qo‘shni ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Ayol sudda ushbu yozishmalar uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilganini bildirgan.

Farg‘onada Telegram orqali qo‘shni ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

 

 

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida Telegram messenjeri orqali qo‘shni ayolga axloq normalariga zid xabarlar yuborgan 19 yoshli yigit ma’muriy javobgarlikka tortildi. Holat yuzasidan sud qarori e’lon qilindi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2006-yilda tug‘ilgan X.D. 2025-yil 26-dekabr kuni qo‘shnisi A.X.ga Telegram orqali bezovta qiluvchi, shilqimlik mazmunidagi yozishmalar yuborgan. Ayol ushbu xabarlar uni ruhiy jihatdan bezovta qilganini bildirgan va ichki ishlar organlariga murojaat qilib, yozishmalar skrinshotlarini taqdim etgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, X.D.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика