1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada yuk mashinasi yonib ketdi

Unda maishiy texnikalar olib ketilayotgan bo‘lgan.

Farg‘onada yuk mashinasi yonib ketdi

Bugun, 10 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

 

Bildirilishicha, soat 06:02 da Yozyovon tumani “Yangi bo‘ston” MFY A-373 Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:22 da yetib borgan va olov 06:26 da batamom o‘chirilgan.

 

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика