Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida NATOga nomzod Finlyandiya RF bilan chegarada 200 kilometr uzunlikdagi uch metrli panjara quradi. Mamlakat chegara xizmatining maʼlum qilishicha, haqiqiy qurilish ishlari mart oyida daraxtlar ildizi bilan sug‘urib olingandan keyin boshlanadi.
To‘siqning uch kilometr uzunlikdagi birinchi qismi mamlakat janubi-sharqiy qismidagi Imatra shahrida o‘rnatiladi. 2025 yilgacha yana 75 kilometr panjara quriladi. Qurilish qiymati 380 million yevroga baholanmoqda. Finlyandiyaning Rossiya bilan chegarasining umumiy uzunligi 1300 km.
Uch metrli panjara tikanli simlar bilan jihozlanadi, ayrim hududlarda tungi ko‘rish kameralari, chiroqlar va ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Finlyandiya-Rossiya chegarasida faqat oddiy yog‘och panjara o‘rnatilgan. Xelsinki Kreml muhojirlardan siyosiy vosita sifatida foydalanishi mumkinligidan qo‘rqadi, shuning uchun parlament iyul oyida qonunchilikka chegara to‘siqlarini qurishni osonlashtiradigan tuzatishlarni maʼqulladi.


