Fransiya kompaniyalari Ukraina hududida uchuvchisiz uchish apparatlari (PUA) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornuga xabar berdi.
Vazirning aytishicha, loyiha Fransiyaning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri (uning nomi oshkor etilmagan) hamda mudofaa sanoatiga ixtisoslashgan kichik yoki o‘rta korxona o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.
"Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Ukrainada dronlar yig‘iladigan ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi", — dedi Lekornu. U bu tashabbusni "muvaffaqiyatli hamkorlik" deb baholadi.
Vazir dronlarning aniq turlari va ularning vazifalarini oshkor etmadi, biroq ulardan bir qismi Ukraina armiyasiga yetkazib berilishini, qolganlari esa Fransiyada foydalanilishini ta’kidladi. Shuningdek, Fransiya harbiylari ushbu PUAlardan Ukraina urushiga o‘xshash sharoitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanadi.
Sebastyan Lekornu ukrainalik mutaxassislar yangi zavodlarda bevosita ishlashini aytib, ularning dron ishlab chiqish va ularni jangovar sharoitda qo‘llash borasidagi malakasini yuqori baholadi.
“Ukrainaliklar nafaqat dronlarni ishlab chiqishda, balki zamonaviy jangovar strategiyalarni yaratishda ham yetakchilik qilmoqda”, — dedi u.


