1 iyuldan boshlab Fransiyada bolalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha jamoat joylarida tamaki chekishga taqiq joriy qilinadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va oila vaziri Katrin Votrin bayonot berdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, plyajlar, bog‘lar, maktablar atrofidagi hududlar, avtobus bekatlari va sport maydonchalarida tamaki mahsulotlari iste’mol qilganlar 135 yevro jarima to‘lashadi.
Biroq barlar va kafelarning ochiq terrasalarida chekishga ruxsat saqlanib qoladi. Bu chora bolalarni passiv chekishdan himoya qilish maqsadida ko‘rilmoqda.


