1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada epidemiya sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Kasallikning asoratlari jiddiy bo‘lishi mumkin.

Fransiyada epidemiya sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Fransiyaning Hind okeanidagi Reyunion orolida chikungunya virusi tez sur’atda tarqalayotgani bois sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda “Oq reja” joriy qilindi. Bu reja shifokorlarni ta’tildan chaqirib olish va sog‘liqni saqlash tizimining barcha resurslarini safarbar etishga imkon beradi.

 

17–23 mart kunlari 6 mingga yaqin yangi holat qayd etilgan, umumiy holatlar soni 20 mingdan oshgan. Kasallik kuchli isitma, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i bilan kechadi, asoratlari jiddiy bo‘lishi mumkin.

 

Mahalliy kasalxonalarda bemorlar soni ortib borayotgani sababli shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 7-aprelda 40 ming dozali vaksina yordamida emlash kampaniyasi boshlanishi rejalashtirilgan. Eng yuqori cho‘qqi esa aprel o‘rtalariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика