1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada ofitsiantlar poygasi o‘tkazildi

Homiylar poyga uchun 100 ming yevro ajratishdi.

Fransiyada ofitsiantlar poygasi o‘tkazildi

24-mart kuni uzoq yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta Parij shahrida ofitsiantlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin erkak va ayol qatnashdi.

 

Poyga shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar bir stakan suv va chaska qo‘yilgan patnisni yiqitib yubormagan holda 2 kilometr masofani bosib o‘tishlari kerak. Poygada yugurish mumkin emas, biroq tez yurishga ruxsat etiladi.

 

Maʼlumot uchun, ushbu tadbir 1914 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Bir necha o‘n yillar davomida ushbu tanlovga Parij gazetalaridan biri homiylik qilgan. Anʼana 2012 yilda mablag‘ yetishmasligi tufayli to‘xtatilgan.

 

Bu yil Parij meriyasi va shahar suv boshqarmasi ko‘magida musobaqa qayta tiklandi. Ular poyga uchun 100 ming yevro ajratishdi.

 

Tadbir yakunida g‘oliblarga gastronomik ekskursiyalar va Parijdagi Olimpiadaning ochilish marosimiga yo‘llanmalar topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика