Ulardan umid, najot kutadi. Bu borada Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarma, boʻlimlari tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar koʻplab murojaatchilarning koʻngliga taskin, xotirjamlik ulasha olyapti.
Nafaqadagi shifokor ayolning ishi tiklandi
Salomatxon Yoʻldosheva ota-onasi va yaqinlaridan juda erta ayrilgan. Ukasiga bosh-qosh boʻlish uning zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklagan. Shu bois ukasini oʻylab, turmush ham qurmagan. Ukasi va oʻzini boqish uchun tinim bilmay ishlagan. Shu bilan bir vaqtda universitetda oʻqib, oliy maʼlumotli ham boʻladi.
Hozir nafaqada boʻlishiga qaramay, roʻzgʻor kamchiliklarini toʻldirish uchun ishlashga majbur. Ukasi va jiyanlariga boʻlgan muhabbat va masʼuliyat ayolni bunga undaydi.
Salomatxon opa ish faoliyati davomida oilaviy poliklinika, shuningdek, korantin paytida Covid markazlarida ham ishladi. Uni hayot yana bir bor sinadi. U koʻp yillik faoliyatidan soʻng oilaviy poliklinika bosh shifokori Salomatxon opaning nafaqa yoshidaligini roʻkach qilib, uning roziligisiz ish stajidan 0,25 stavka qisqartirib, boshqa bir odamga ish joyi yaratib beradi. Ammo S.Yoʻldoshevaga ish juda zarur, mablagʻ undanda kerak edi.
Imkonsiz qolgan shifokorUchkoʻprik tumani adliya boʻlimidan yordam soʻragan. Natijada, fuqaroning haq-huquqlari tiklanib, tashkilot tomonidan unga yordam berildi.
Hujjatda boshqa, hayotga boshqa
Jumagul Boboxoʻjayeva tugʻilganida ota-onasi unga Jumagul deb ism qoʻyadi. Hujjatlarda ham xuddi shunday roʻyxatdan oʻtkazilgan. Biroq onasi uni Raʼnoxon deb atardi. Shundan beri hamma uni Raʼnoxon ismi bilan taniydi. Hatto hujjatlarda ismi boshqa ekanini deyarli hech kim bilmaydi. Shu sababdan u yillar davomida faoliyat yuritgan korxona va tashkilotlarda ism-sharifi Raʼno Boboxoʻjayeva tarzida kiritilgan. Mehnat daftarchasi ham shu tarzda yuritilgan.
Pasportida keltirilgan ism bilan mehnat daftarchasidagi ism turlicha boʻlgani tufaylii Jumagul Boboxoʻjayeva nafaqaga chiqish davomida qiyinchiliklarga duch keldi. Shu bois u tuman Adliya boʻlimi xodimlaridan muammoga yechim topishda koʻmak soʻraydi. Boʻlim xodimlari tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudiga davo arizasi taqdim etilib, muammoga yechim topildi.


