Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan K.J. aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.


