1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining barcha chorak finalchilari maʼlum bo‘ldi

Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida 1/8 final bahslari yakunlandi.

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining barcha chorak finalchilari maʼlum bo‘ldi

 

 

Kecha Ispaniya — Chexiya, Portugaliya va Serbiya termalari ishtirokida so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning eng kuchli jamoalari hisoblanadigan Ispaniya hamda Portugaliya termalari g‘alaba qozondi. Shu tariqa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.

 

Jahon chempionatining 1/4 bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlari 26-sentyabrdan start oladi. Ushbu bahslarni Marokash va Braziliya o‘rtasidagi bellashuv boshlab beradi. Shu kuni yana o‘tgan jahon chempionati finalchilari Rossiya hamda Argentina jamoalari maydonga tushadi.

 

27-sentyabr kuni esa Portugaliya —Ispaniya, Eron —Qozog‘iston termalari ishtirokida o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahslarda g‘alaba qozongan jamoalar yarimfinal yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi Eronga 8:9 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика