1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gaz o‘lchash stansiyalari soni ko‘payadigan bo‘ldi

Bu Prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.

Gaz o‘lchash stansiyalari soni ko‘payadigan bo‘ldi

 

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi

 

Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

 

2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

 

2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid maʼlumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.

 

2023-yil 1-oktyabrdan:

 

  • tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid maʼlumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;
     
  • mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.

 

2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика