1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

G‘azoda ocharchilik qurbonlari soni 200 taga yaqinlashdi

Ularning deyarli yarmini bolalar tashkil etadi.

G‘azoda ocharchilik qurbonlari soni 200 taga yaqinlashdi

G‘azoda ochlikdan halok bo‘lganlarning umumiy soni 193 nafarga yetdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildi. 

 

Qayd etilishicha, vafot etganlarning 96 nafarini bolalar tashkil etadi. 

 

2025 yil 2 martdan beri G‘azoga xalqaro gumanitar yordam kirmadi. Isroil qarori bilan barcha o‘tish punktlari yopiqligicha qolmoqda. Oziq-ovqat yordami faqat Isroil va AQSH tomonidan nazorat qilinadigan G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi tizimi orqali tarqatiladi.

 

Mart oyida Isroil armiyasi yanvar oyidan beri amalda bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga chek qo‘yib, mintaqada janglarni davom ettirdi. Qatar, Misr va AQSH ishtirokidagi muzokaralar yangi sulh shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика