1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchini qo‘lga oldi

Qo‘lga olingan shaxslar Telegram orqali “umumjahon xalifaligi” g‘oyasini targ‘ib qilib, migrantlarni yollash bilan shug‘ullangan.

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tadbirlar natijasida Rossiyada 7 nafar, O‘zbekiston hududida esa 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi.


Aniqlanishicha, ular Rossiyada bo‘lgan davrida diniy-ekstremistik oqim ta’siriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkilotining faoliyatida qatnashgan. Shaxslar mehnat muhojirlarini yollash orqali tashkilot safini kengaytirgan va yashirin yig‘ilishlar tashkil etgan. Ular Telegram orqali videokonferensiya yo‘li bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvchi g‘oyalar asosida tizimli o‘qitish va targ‘ibot ishlarini olib borgan.


Rossiya Tergov qo‘mitasi ular ustidan terrorchilik tashkiloti faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Qashqadaryo viloyatida DXX tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada esa shu jamoatning yana 2 a’zosi qo‘lga olindi. Ular ham ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.


Qo‘lga olinganlarning uylaridan 4 dona mobil telefon, 3 dona ekstremistik mazmundagi adabiyot, 2 dona flesh-xotira va xorijiy davlatga tegishli 1 dona SIM-karta daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi. Hozirda hibsga olingan shaxslar bo‘yicha tergov va tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика