1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik yigitga hukm o‘qildi

U ixtiyoriy ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilib, jangovar harakatlarda ishtirok etganini maʼlum qilgan.

Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik yigitga hukm o‘qildi

Urush harakatlarida qatnashgan va yollanma jangchilikda ayblangan yana bir O‘zbekiston fuqarosi jazolandi.

 

Ish materiallariga ko‘ra, 25 yoshli ayblanuvchi 2021 yilda ish izlab Rossiyaga yo‘l olgan. 2022 yil fevralda uning qarindoshi unga “yengil” ish va yaxshi maosh taklif qiladi. Shu maqsadda ular Moskvadan Tulaga yo‘l olishadi. Yo‘lda hujjatlar va shaxsiy tintuv tekshiruvi paytida qarindoshidan geroin topiladi. Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, undan hech narsa topilmagan bo‘lsa-da, uni ham aybdor deb topishgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum etishgan.

 

Koloniyada bo‘lganida muassasa xodimlari unga jang harakatlarida qatnashgani uchun 1,8 million rubl va fuqarolik berishni muntazam taklif qilib turgan. Bosimga dosh berolmay, 2024 yil oktyabrda u Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan. 2025 yil yanvarda esa Donesk viloyati Toresk shahri atrofidagi jangovar harakatlar paytida granata parchalari bilan jarohat olgan.

 

U Donesk gospitaliga yetkazilgan. Oradan vaqt o‘tib, boshqa shifoxonaga olib ketilayotganida qochib ketgan. Moskvaga yetgach, O‘zbekiston elchixonasiga borib, vatanga qaytishda yordam so‘ragan.

 

Mamlakatga qaytib kelgach, u ixtiyoriy ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilib, jangovar harakatlarda ishtirok etganini maʼlum qilgan.

 

Kattaqo‘rg‘on tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi fuqaro M.K.ni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика