1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi Payg’ambarimiz Muhammad (S.А.V.)ning dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublari nusxasi Toshkentda saqlanadi

Rasululloh (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublarining papirusga ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilmoqda.

Endi Payg’ambarimiz Muhammad (S.А.V.)ning dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublari nusxasi Toshkentda saqlanadi

Islom dinining keng yoyilishi va insoniyatni tavhidga daʼvat qilish jarayonida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tomonidan yuborilgan diplomatik maktublar alohida tarixiy ahamiyatga ega. U zot (s.a.v.) Islom daʼvatini yetkazish maqsadida dunyodagi yetakchi hukmdorlarga xat yozib, muhrlab yuborganlar.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ana shunday ulkan maʼnaviy va tarixiy qimmatga ega nusxalardan biri — Imperator Hiraqlyus (Gerakliyus)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi namoyish etiladi.

 

Shu bilan birga, ekspozitsiyada Efiopiya, Misr, Bahrayn, O‘mon hukmdorlari, Fors shohiga yuborilgan maktublar nusxalari ham o‘rin olishi kutilmoqda. Ushbu xatlar nafaqat Islomning tinchlikparvar va diplomatik ruhini, balki Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insonparvarligini ham yorqin namoyon etuvchi tarixiy dalillardir.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu eksponatlar orqali tashrif buyuruvchilarga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) mislsiz rahnamolik faoliyati va daʼvat metodini yaqindan anglash imkonini yaratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика