1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ohangarondа fohishaxonalarni reyd bosdi: 27 yoshli ayol 21 yoshdagi yigitga OITS yuqtirgan

O‘tkazilgan tezkor tadbirlarda OITS tarqatilishi bilan bog‘liq 2 ta, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 6 ta jinoyiy holat aniqlandi.

Ohangarondа fohishaxonalarni reyd bosdi: 27 yoshli ayol 21 yoshdagi yigitga OITS yuqtirgan

Toshkent viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari samarali davom etmoqda

 

Respublika miqyosida olib borilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan jamoat tartibini taʼminlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun kuchaytirilgan nazorat ishlari olib borilmoqda.

 

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) tarqalishiga aloqador 2 ta jinoiy holat fosh etildi. Ushbu holatlar yuzasidan tegishli choralar koʻrilib, boshqalarga infeksiya yuqishining oldi olindi. Xususan, Ohangaron shahrida 1998-yilda tugʻilgan ayol Z.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, chunki u OITS markazida roʻyxatga olinganiga qaramay, 2004-yilda tugʻilgan erkak bilan jinsiy aloqada boʻlganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, axloq va sogʻliqni saqlashga qarshi jinoyatlar boʻyicha 6 ta holat aniqlanib, barchasi boʻyicha qonuniy choralar koʻrildi.

 

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida noqonuniy qurol saqlash bilan bogʻliq 3 ta jinoiy holat fosh qilindi. Tadbir davomida 1 ta jangovar qurol, 7 ta pnevmatik qurol, 4 ta ov miltigʻi va 51 dona oʻq-dori daliliy ashyo sifatida olindi.

 

Ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilayotgan bu chora-tadbirlar hududda xavfsizlikni taʼminlash va fuqarolarning osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика