1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Germaniya chiqindilarni saralashda sun'iy intellektdan foydalanadi

Qonun 1-maydan kuchga kiradi.

Germaniya chiqindilarni saralashda sun'iy intellektdan foydalanadi

1-maydan boshlab Germaniyada chiqindilarni saralash bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kiradi. Endi organik chiqindilar tarkibida plastmassa 1% dan oshmasligi kerak. Ushbu tartibga amal qilmaganlar jarimaga tortiladi.

 

Ba’zi hududlarda qoidabuzarlikni aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda. Masalan, Esslingen tumanida AI tizimi chiqindilarni tekshiradi, Ulmda esa biokonteynerlar masofadan qulflanishi mumkin. Myunxenda esa chiqindi tarkibini tekshiruvchi sun'iy intellekt kamerali mashina sinovdan o'tkazilmoqda.

 

Erfurt shahrida chiqindilarni identifikatsiya qilish tizimi mavjud bo‘lib, u 15 yildan beri ishlaydi. Tizimli qoidabuzarliklar uchun jarimalar 5000 yevrogacha yetishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика