1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi

Ularning qiymati taxminan 60 million yevro.

Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi

Havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalar yaqin vaqt ichida yetkazib beriladi. Taxminan 60 million yevro qiymatidagi raketalar Germaniya Mudofaa vazirligi zaxiralaridan ajratiladi. Bu kelishuvga Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning Kiyevga tashrifi chog‘ida erishilgan.

 

Shuningdek, Germaniya yanvar oxirigacha Polshaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Jeshuv shahriga Patriot mudofaa tizimlarini joylashtirishi xabar berildi.

 

“Biz Jeshuvning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini juda yaxshi tushunamiz, bu hudud ayniqsa Ukrainaga yordam ko‘rsatishda muhim hisoblanadi. Yanvar oyida shaxsan o‘zim Jeshuvga boraman va u yerda Patriot mudofaa tizimlarini ishga tushirilishini taʼminlayman”, — dedi Pistorius Kiyevdagi matbuot anjumanida.

 

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Jeshuvda ikkita Patriot tizimi va 200 nafar nemis harbiylarini joylashtirish rejalashtirilgan. Hozirda Jeshuvda allaqachon norvegiyalik harbiylar brigadasi, NASAMS mudofaa tizimi va to‘rtta F-35 qiruvchi samolyoti joylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика