Germaniya tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kiritilgan barcha cheklovlarni bekor qildi.
Bundan buyon Germaniyaga istalgan maqsadda, xususan, turizm uchun koronavirus kasalligiga qarshi emlanganlik sertifikati, undan tuzalganligi yoki test sinovlarisiz sayohat qilish mumkin.
Shu bilan birga, Xitoydan kelganlar, shu jumladan Germaniya fuqarolari uchun ham kirish cheklovlari amal qilishda davom etadi. Chunki Xitoyda epidemiya bo‘yicha vaziyat qoniqarli emas. Cheklovlar vaqtincha, 31-avgustga qadar olib tashlandi. Biroq nemis rasmiylari kasallanish ko‘paygan taqdirda ularni qaytarish mumkinligini istisno qilmaydi.


