1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada davlat to‘ntarishining oldini olindi

Unga shahzoda Genrix XIII boshchilik qilgan bo‘lishi mumkin.

Germaniyada davlat to‘ntarishining oldini olindi

 

Germaniya politsiyasi davlat to‘ntarishiga tayyorlanayotgan guruhni qo‘lga oldi. guruh o‘ng ekstremistlar, reyxsbyurgerlar, sobiq harbiylardan iborat.

 

Xabar qilinishicha, bugun, 7 dekabr tongida 3000 ga yaqin politsiyachi Germaniya bo‘ylab 130 ta uyda tintuv o‘tkazgan. 52 nafar gumonlanuvchidan 25 nafari qo‘lga olingan.

 

Aprelda sobiq harbiyning qo‘lga olinishi politsiyani to‘ntarish tashkilotchilariga olib chiqdi. Hukumat surishtiruviga ko‘ra, davlat to‘ntarishi tashkilotchilari sobiq politsiyachi va harbiylarni o‘ziga og‘dirib olishga uringan.

 

Gumonlanuvchilar orasida Royslar shajarasining 71 yoshli shahzodasi Genrix XIII ham bor. Shahzoda va Germaniya qurolli kuchlari maxsus bo‘linmasining sobiq qo‘mondoni Ryudiger fon P. guruhga boshchilik qilgan bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика