1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

G‘ijduvon tumani hokimi elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun aholidan uzr so‘radi

Yangi hokim elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan shaxsiy pozitsiyasini bildirib, qisqa muddatda muammo bartaraf etilishini ta’kidladi.

G‘ijduvon tumani hokimi elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun aholidan uzr so‘radi

 

G‘ijduvon tumani hokimi Farhod Umarov so‘nggi kunlarda ayrim qishloq hududlarda kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha aholidan uzr so‘radi. Bu haqda uning nutqi aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

 

Hokim mazkur murojaatini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil etilgan kunduzgi bog‘cha ochilish marosimida bildirdi. U shahar hududida uzilishlar ancha kam kuzatilayotganini qayd etdi va mavjud muammolar qisqa muddatda bartaraf etilishini ma’lum qildi.

 

“Fursatdan foydalanib, yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘rayman. Barchasi o‘z o‘rniga qaytadi. Rahbarlarimiz va jamoamiz bu borada izchil ish olib bormoqda”, — dedi Farhod Umarov.

 

Hokim elektr ta’minotidagi uzilishlarning aniq sabablari hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan batafsil ma’lumot bermadi. Farhod Umarov o‘tgan hafta G‘ijduvon tumani hokimi lavozimiga kirishgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика