1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Gilbert Berns UFC bilan yangi shartnoma imzoladi

U keyingi raqibini kutmoqda.

Gilbert Berns UFC bilan yangi shartnoma imzoladi

 

UFCning yengil vazn toifasidagi jangchisi Gilbert Berns kompaniya bilan yangi shartnoma imzoladi.

 

Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan. Biroq 35 yoshli braziliyalikning bayonotidan kelib chiqib, yangi shartnomaga ko‘ra, Berns yana kamida bir nechta jang o‘tkazadi, degan xulosaga kelish mumkin.

 

“Men hozirgina UFC bilan yangi ko‘p jangli shartnoma imzoladim. Buning uchun Dana Uayt va Shon Shelbiga rahmat aytaman. Navbatdagi raqibni kutyapman. Ko‘pchilik UFC haqida yomon fikrda, lekin UFC va Dana Uaytsiz men bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim”, — deb Berns ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика