Niderlandiyalik mutaxassis Frenk Xugerbits yaqin kelajakda 8.5 balli “megazilzila” bo‘lishini bashorat qildi.
Uning fikricha, dahshatli yer silkinishi Kamchatka, Kurill, Yaponiya va Indoneziya hududlariga daxl qiladi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, Yer, Merkuriy va Saturn geometriyalari yaqinlashi bunga sabab bo‘ladi.
Xugerbits Turkiyadagi 6 fevral kungi zilziladan keyin mashhur bo‘ldi. U tabiiy ofat bo‘lishidan 3 kun oldin yer silkinishini prognoz qilgan.


