1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Go‘sht, kartoshka, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari yana 4 oyga uzaytirilishi mumkin

Bu bo‘yicha Hukumat loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Go‘sht, kartoshka, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari yana 4 oyga uzaytirilishi mumkin

 

Joriy yil 1 maydan 31 dekabrgacha kungaboqar va soya urug‘lari hamda o‘simlik yog‘i importi, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va ichki bozorda realizasiya qilish QQSdan ozod etilgandi. 


Bundan tashqari, soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan 2021 yil 10 oktyabrdan joriy yil oxirigacha go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish ham QQS ozod qilingan edi. 

 

Parlamentga Hukumat tomonidan kiritilgan qonun loyihasida joriy yil oxirigicha berilgan imtiyozlar muddati yana 4 oy muddatga cho‘zilishi nazarda tutilmoda. 

 

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, 2022-yil 30-aprelga qadar quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

2) o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo‘yicha aylanma;

3) go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni mamlakat hududiga olib kirish.

 

Avvalroq Prezident QQS maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida qaror imzolagani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика