1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Grenlandiya hududi Yevropa va NATO himoyasi ostida — Fransiya TIV

Jan-Noel Barroning so'zlariga ko'ra, alyansga a’zo Yevropa davlatlari o‘z hududini har qanday tashqi tahdiddan to‘liq himoya qila oladi.

Grenlandiya hududi Yevropa va NATO himoyasi ostida — Fransiya TIV

 

 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Grenlandiya masalasiga izoh berar ekan, orol Yevropa hududining bir qismi ekani va NATO himoyasi ostida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga a’zo yevropalik davlatlar o‘z hududini har qanday tashqi tahdiddan to‘liq himoya qilish salohiyatiga ega. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

 

Bu bayonot Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenning Grenlandiya mudofaasi butun NATO uchun umumiy masala ekanini aytgan fikrlari fonida yangradi. So‘nggi kunlarda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya harbiy xizmatchilari Daniya boshchiligida o‘tkazilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida Grenlandiyaga yetib bora boshladi. Daniya hukumati ham oroldagi harbiy ishtirokni kuchaytirishini ma’lum qildi.

 

Vaziyat AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan strategik hudud sifatida baholab, uni nazorat qilish zarurligi haqidagi avvalgi bayonotlaridan keyin keskinlashdi. Vashingtonda o‘tkazilgan uchrashuvlarda Daniya va Grenlandiya tashqi ishlar vazirlari AQSh rasmiylari bilan muzokaralar olib bordi, biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik saqlanib qolmoqda.

 

Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilson orol “sotilmasligi”ni, AQSh tarkibiga kirmasligini va Daniya qirolligi hamda NATOning bir qismi bo‘lgan demokratik hudud ekanini yana bir bor ta’kidladi. Yevropa yetakchilari esa Arktika mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash Yevropa va Shimoliy Amerika uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика