Bugun, 26-may kuni soat taxminan 12:25 larda 112 qisqa raqami orqali Do‘stlik kanaliga bir nafar fuqaroni tushib ketganligi va chiqishi uchun amaliy yordam so‘ralganligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan FVB g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan fuqaro kanaldan olib chiqilgan va o‘sha joyning o‘zida birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda fuqaroning sog‘ligi yaxshi holatda.


