1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulistondagi portlash: qurbonlar oilalariga 100 million so‘mdan yordam ajratiladi

Prezident jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishni va hodisa sabablarini zudlik bilan aniqlashni topshirdi.

Gulistondagi portlash: qurbonlar oilalariga 100 million so‘mdan yordam ajratiladi

Guliston shahrining Taraqqiyot mahallasida joylashgan buyum bozori hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlashi oqibatida 29 kishi jarohat olgan, bir necha fuqaro esa halok bo‘lgan edi. Davlat rahbari fojia tafsilotlari bilan tanishib, qurbonlar oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda uch kun ichida ularga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

 

Prezident ko‘rsatmasiga ko‘ra, hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligidagi 10 nafar malakali shifokordan iborat maxsus brigada jabrlanganlarga bepul tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar holati og‘ir bo‘lgan bemorlarni doimiy kuzatuvga olib, zarur davolash choralarini ko‘rmoqda.

 

Shuningdek, mas’ul idoralarga hodisaning aniq sabablarini qisqa muddatda aniqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va javobgarlarni belgilash vazifasi yuklatildi. Mutasaddilar portlashga olib kelgan omillarni o‘rganish uchun kompleks ekspertiza o‘tkazmoqda.

 

Uchrashuvda bu kabi favqulodda holatlar butun tizim uchun og‘ir saboq bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Qish mavsumida gaz jihozlari bilan bog‘liq xatarlar kuchayishini inobatga olib, barcha mas’ullar 24 soatlik kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика