1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston yoki Pokiston: qay biri kuchli?

Ikki mamlakatning harbiy salohiyati solishtirildi.

Hindiston yoki Pokiston: qay biri kuchli?

So‘nggi kunlarda Hindistonda oxirgi 25 yildagi eng dahshatli terakt sodir bo‘ldi. Hindiston nazorati ostidagi Kashmirning Pahalgam shahrida 26 nafar hind sayyohi halok bo‘ldi. Ushbu hodisadan so‘ng Hindiston qattiq choralar ko‘rdi. Xususan, Pokiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Ular 29 aprelgacha Hindistonni tark etishi kerak.

 

Vaziyat tobora keskinlashmoqda. Germaniyaning BILD nashri Hindiston va Pokiston armiyalarini solishtirib, harbiy kuchlar qaysi yo‘nalishlarda teng va qaysi yo‘nalishlarda farq qilayotganini tahlil qildi.

 

Yadroviy arsenal

 

Hindiston 1974 yilda, Pokiston esa 1998 yilda yadroviy qurolga ega bo‘lgan. Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil boshida Hindiston 172 ta, Pokiston esa 170 ta yadroviy qurolga ega edi.

 

Mudofaa byudjeti

 

Hindistonning yillik mudofaa xarajatlari qariyb 75 milliard dollarni tashkil etib, dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Pokistonning mudofaa byudjeti esa atigi 7,6 milliard dollar (38-o‘rin).

 

Armiya soni

 

Hindistonning asosiy ustunligi — uning ulkan aholisi. 1,45 milliard aholisi bilan Hindiston 2023 yildan buyon dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat hisoblanadi. Bugungi kunda Hindiston armiyasida 1,5 million askar xizmat qiladi. Pokiston esa 255 million aholiga ega bo‘lib, uning armiyasi 650 ming askardan iborat.

 

Shu raqamlarga ko‘ra, Hindiston Pokistonga nisbatan sezilarli ustunlikka ega.

 

Biroq bu ko‘rsatkichlar armiyalarning jangovar tajribasini aks ettirmaydi. Kashmir va ba'zi BMT operatsiyalaridan tashqari, Hindiston armiyasi katta urush tajribasiga ega emas. Aksincha, Pokiston armiyasi yaqinda Afg‘onistonda Tolibon va o‘z hududida TTP kabi islomiy guruhlar bilan jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика