1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda bayram fojia bilan yakun topdi

Bangalorda stadiondagi tiqilinchda 11 kishi halok bo‘ldi.

Hindistonda bayram fojia bilan yakun topdi

Hindistonning janubiy qismidagi Bangalor shahrida "Royal Challengers Bengaluru" kriket jamoasini qarshi olish marosimi fojia bilan yakunlandi. Chinnasvami stadioni oldida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab fuqarolar turli darajada tan jarohatlari oldi.

 

Xabarlarga ko‘ra, minglab kriket ishqibozlari Hindiston Premer-ligasida 18 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sevimli jamoalarini tantanali kutib olish uchun stadion atrofiga yig‘ilishgan. Kerala shtati kriket assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri ishtirokchilari soni kutilganidan ancha ortib ketgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda olomonda vahima boshlangan lahzalar, hushini yo‘qotgan kishilarni olib ketayotgan politsiya xodimlari va favqulodda evakuatsiya jarayonlari aks etgan.

 

Afsuski, qurbonlar orasida bir nafar bola ham bo‘lgani aytilmoqda. Ayrim jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilingan. Vaziyat ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida politsiya kuch ishlatishga majbur bo‘ldi.

 

Hozircha mahalliy hokimiyat tomonidan halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar bo‘yicha rasmiy bayonot berilgani yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика