1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hujjatlarda qayd etilmagan qariyb 26 tonna tovarlar bojxona chegarasida to‘xtatib qolindi

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hujjatlarda qayd etilmagan qariyb 26 tonna tovarlar bojxona chegarasida to‘xtatib qolindi

 

Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX Chegara qo‘shinlarining o‘zaro hamkorligi natijasida katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

 

Unda “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuk avtotransport vositasi “Z-Portal” qurilmasi yordamidan skanerdan o‘tkazilganda, tovarning yuk kuzatuv hujjatlari va rentgen tasvirlari o‘zaro mos kelmaganligi bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi.

 

Natijada, hech qanday hujjatlarda qayd etilmagan vazni qariyb 26 tonnaga yaqin bo‘lgan kir yuvish vositalari borligi bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi.

 

Hozirda umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqroq bo‘lgan ushbu noqonuniy tovarlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlov choralari ko‘rildi.

 

Holat yuzasidan esa, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика