AQSHdagi olimlarning xulosasida ta’kidlanishicha, havo ifloslanishi shaharda yashovchi aholi orasida o‘pka saratoni, astma va nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini oshiradi, shuningdek, insult xavfini ham kuchaytiradi. Avvalgi tadqiqotlar kasallikning ijtimoiy omillariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, endi olimlar yirik shaharlar aholisini saraton xavfiga eng ko‘p duch keladigan guruh deb ta’riflamoqda.
"Tadqiqotning asosiy maqsadi onkologik kasalliklarning ekologik va ijtimoiy omillarga bog‘liqligini aniqlashdir", — deb tushuntirdi loyihaga rahbarlik qilgan epidemiolog Patrik Hurbeyn.
Ish davomida olimlar AQSH Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining 2011-2019 yillar oralig‘idagi ma’lumotlarini tahlil qildi. Natijada, saraton kasalligiga eng moyil aholi guruhlari sifatida yirik shaharlar aholisi, kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlar va irqiy ozchilik vakillari qayd etildi.
Olimlarning aniqlashicha, shaharda yashovchi afro-amerikalik va lotin amerikalik aholi vakillari saraton xavfiga ko‘proq moyil. Ular ko‘pincha ekologik jihatdan eng noqulay hududlarda yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda har 10 kishidan to‘qqiz nafari iflos havodan nafas oladi.


