Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Ijtimoiy karta quyidagi shaxslarga bepul beriladi:
—Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (shaxslar);
—“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar;
—ko‘p bolali oilalarning aʼzolari;
—nogironligi bo‘lgan shaxslar;
—o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar;
—o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar parvarishi bilan band bo‘lgan shaxslar;
—yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
—vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar;
—muomalaga layoqatsiz shaxslar;
—muomala layoqati cheklangan shaxslar;
—muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari;
—pensionerlar;
—davlat byudjetidan stipendiya to‘lanayotgan talabalar;
—davlat byudjetidan stipendiya to‘lanayotgan o‘quvchilar;
—shahar yo‘lovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar.


