1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikki davlatni “yarashtirish” uchun Ukrainaga ketgan Yulduz Usmonova hozir qayerda?

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bundan 4 kun avval, 19-fevral kuni xonanda Bunyodbek Saidov bilan Ukrainaga xizmat safariga yo‘l olgandi.

Ikki davlatni “yarashtirish” uchun Ukrainaga ketgan Yulduz Usmonova hozir qayerda?

 

Bu haqda xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.   Videoda ular bilan yana bir sirli inson ham borligi aytilgan. Ammo uning kimligi haqida ma’lumot ochiqlanmagan.  

 

“Borib tinchlantirib kelmasam bo‘lmaydi. San’at bilan hammayoq yarashib ketsa, ne ajab?”, — deya hazilomuz gapirgan Y.Usmonova.

  
Bugun erta tongda boshlangan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoli vaziyatdan so‘ng xonandaning qayerdaligi ko‘pchilikni qiziqtirdi. 

 

Xo‘sh, Usmonova safardan qaytdimi? Hozir u qayerda? Uning Instagram sahifasidagi postlaridan bilish mumkinki, xonanda kecha Kiyevdan qaytgan. U allaqachon Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Yulduz Usmonovaga Botir Qodirov va “Navruz” raqs ansambli hamrohlik qilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика