Forbes jurnali maʼlumotlariga ko‘ra, 1-oktyabr kuni birja savdolari jarayonida Maskning umumiy aktivlari qiymati qisqa vaqtga 500 milliard dollardan oshib ketdi, so‘ngra biroz pasayib, taxminan 499 milliard dollar atrofida qayd etildi.
Hozirgi kunda Mask dunyodagi eng boy inson unvoni uchun raqobatda yaqindagilardan ancha oldinda turibdi. Maskdan keyingi o‘rinda Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison bo‘lib, uning boyligi taxminan 350 milliard dollarni tashkil qiladi.
Yil boshlarida Ilon Mask Donald Tramp maʼmuriyatida faoliyat yuritgan vaqtda uning kompaniyalari, ayniqsa Tesla aksiyalari narxi sezilarli darajada pasaygan edi. Biroq u Oq uydan ketgach, kompaniya aksiyalari yana o‘sishda davom etmoqda.


