1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-York merligiga nomzod Putin va Netanyaxuni hibsga olinishi aytdi

Zohran Mamdani Xalqaro jinoiy sud qarorlarini bajarishini ma’lum qildi.

Nyu-York merligiga nomzod Putin va Netanyaxuni hibsga olinishi aytdi

Nyu-York meri lavozimiga nomzod bo‘lgan Zohran Mamdani xalqaro huquq normalariga sodiqligini ta’kidladi. CNN telekanaliga bergan intervyusida u, agar saylovda g‘alaba qozonsa, xalqaro jinoiy sud (XJS) chiqargan qarorlarni tan olib, ijro etishga va’da berdi.

 

“Bu shaharning qadriyatlari xalqaro majburiyatlarda o‘z ifodasini topishi lozim. Xalqaro jinoiy sud kimga qarshi qaror chiqarganidan qat’i nazar – Netanyaxu bo‘ladimi, Putinmi – barchasiga amal qilinadi. Men qonunlarni o‘zimcha o‘zgartirmayman, balki ularga qat’iy rioya qilaman”, — dedi siyosatchi.

 

Ma’lumki, Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi hibsga olish orderi chiqargan. Biroq AQSh, Rossiya va Isroil ushbu sudning Rim statutini imzolamagan va orderlarni tan olmasligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика