1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

Neuralink insoniyat uchun yangi davrni boshlab bermoqda.

Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

 

Mashhur tadbirkor Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Neuralink kompaniyasi inson miyasi orqali ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan ilg‘or texnologiya ustida ishlamoqda. Bu haqda Mask Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 

Uning aytishicha, “Ko‘r-ko‘rona” nomi bilan tanilgan ushbu chip to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaning ko‘rish po‘stlog‘i bilan aloqa qiladi va ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarga umid bag‘ishlashi mumkin.

 

Neuralink kompaniyasi kelgusi 12 oy ichida bu sohada muhim natijalarga erishishga umid qilmoqda.

 

Maskning ta’kidlashicha, kompaniya faqat ko‘rish bilan cheklanmaydi — orqa miya shikastidan aziyat chekayotgan insonlarga ham yurish qobiliyatini tiklash imkonini beruvchi qurilmalar ustida ish olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика