1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi

Tadbirkor YI byurokratiyasini keskin tanqid qilib, suverenitet davlatlarga qaytarilishi kerakligini ta’kidladi.

Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatishga chaqirdi

Xalqaro miqyosda eng ta’sirli tadbirkorlardan biri bo‘lgan Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tugatish va suverenitetni alohida davlatlarga qaytarish kerakligini aytdi. U bu fikrni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi postida bayon qildi.

 

Maskning ta’kidlashicha, YI institutlari milliy manfaatlarni talab darajasida himoya qila olmayapti. “YI tugatilishi, suverenitet esa alohida davlatlarga qaytarilishi lozim. Shunda hukumatlar o‘z xalqlarining manfaatlarini yanada samarali ifodalay oladi”, — deb yozdi u.

 

Tadbirkor, shuningdek, Yevropa byurokratiyasini keskin tanqid qildi. Uning aytishicha, Brüsseldagi murakkab boshqaruv tizimi “sekin-asta, lekin muqarrar ravishda Yevropani bo‘g‘ib qo‘yayapti”.

 

Maskning bu bayonoti Yevropada integratsiya masalalari, ichki siyosiy bahslar va suverenitet mavzusidagi munozaralar davom etayotgan bir paytda yangramoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика