1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Internetda 600 nafar fuqaroni aldab, 1 mlrd so‘m o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

To‘rt kishilik guruh Telegram va Instagram orqali “limitlash xizmati” taklif qilib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Internetda 600 nafar fuqaroni aldab, 1 mlrd so‘m o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida internet orqali yirik firibgarlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi. IIBB Kiberxavfsizlik xizmati va viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 600 nafarga yaqin fuqaroning 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Aniqlanishicha, 2005-yilda tug‘ilgan B.N. va uning uch nafar sheriklari Telegram hamda Instagramda “limitlash xizmati” nomi ostida sahifalar ochgan. Ular fuqarolarga mikromoliya tashkilotlaridan berilgan kredit limitlarini “naqd qilib berish”ni va’da qilgan. Shu yo‘l bilan ular o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik subyekti orqali online savdo platformalaridan foydalanib, jami 1 milliard 32 million so‘mni o‘z foydalariga yo‘naltirgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan bo‘lib, zarar miqdorini undirish va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика