1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Inyatsio Kassis: Rossiyaning ishtirokisiz tinchlikka erishib bo‘lmaydi

Shveysariya TIV rahbari Ukraina bo‘yicha muzokaralarga Rossiyani jalb etish tarafdori ekanini bildirdi.

Inyatsio Kassis: Rossiyaning ishtirokisiz tinchlikka erishib bo‘lmaydi

 

Shveysariya TIV rahbari Ukraina bo‘yicha muzokaralarga Rossiyani jalb etish tarafdori ekanini bildirdi.

 

"Zelenskiy tomonidan urushni tugatish shartlarini ishlab chiqish uchun taklif qilingan "tinchlik formulasi" faqat tinchlik muzokaralari uchun “poydevor” bo‘ladi, ammo "bu yoki boshqa yo‘l bilan Rossiya muzokaralarda ishtirok etishi kerak", — deya fikr bildirgan Shveysariya Tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassis Davosdagi Ukraina bo‘yicha konferensiya chog‘ida. 

 

Kassisning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ishtirokisiz tinchlikka erishib bo‘lmaydi.

 

Shu bilan birga, Kassisning taʼkidlashicha, Zelenskiyning tinchlik rejasini amalga oshirish bo‘yicha qadamlar qo‘yilishi kerak, hatto Moskva va Kiyev o‘rtasida muloqot hozirda imkonsiz bo‘lsa ham.

 

Avvalroq, bir necha bor Ukraina "tinchlik formulasi" asosida hech qanday muzokara olib borish niyatida emasligini maʼlum qilgan.

 

Zelenskiy dekabr oyida yakuniy hujjat tuzilib, boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Rossiya ham muzokara jarayoniga qo‘shilishi mumkinligini aytgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика