1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Iordaniya podshohi O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Samarqandda siyosiy va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Iordaniya podshohi  O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25–26-avgust kunlari rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

 

Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qiladi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar va bitimlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика