1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Iskoning “Lion”ga o‘tishi taxmin qilinmoqda

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Fransiya ligasida davom ettirishi mumkin.

Iskoning “Lion”ga o‘tishi taxmin qilinmoqda

 

 

Futbolchiga “Lion” jamoasi qiziqish bildirmoqda va yanvar oyida uni sotib olishga harakat qilib ko‘radi.

 

Bundan avval Iskoga Italiyaning “Yuventus” va “Milan” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ispaniyaliklarning futbolchi bilan shartnomasi esa 2022 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

 

Maʼlumot uchun: Isko 2013 yilda “Real” safiga 30 million yevro evaziga “Malaga”dan kelib qo‘shilgan.

 

Isko ushbu mavsum «La Liga» doirasida jamoaning 4 ta o‘yinida jami 139 daqiqa maydonga tushdi, ammo hech qanday natija ko‘rsatgani yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Yuventus” Sakani “nishon”ga olayotgani haqida xabar bergandik.

 

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика