1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil avgust oyi oxirigacha Eron bilan yangi urush boshlashi mumkin

Tahlillarga ko‘ra, kutilayotgan urush avvalgilaridan ko‘ra dahshatliroq bo‘lishi mumkin.

Isroil avgust oyi oxirigacha Eron bilan yangi urush boshlashi mumkin

Isroil avgust oyining oxirigacha Eron bilan yangi harbiy to‘qnashuv boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Azad Iran” nashriga tayanib Oxu.Az xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Tel-Aviv ehtimoliy urush ehtimolini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Eron esa yangi hujumga tayyorgarlik choralarini kuchaytirgan. Tahlilchilarning baholashicha, agar qarama-qarshilik yuz bersa, u avvalgilariga qaraganda ancha dahshatli bo‘lishi mumkin.

 

Xabarda aytilishicha, Isroil Tehronning raketa arsenalini mustahkamlashiga, havo hujumidan mudofaa tizimlarini qayta tiklashiga va ilg‘or harbiy texnologiyalarni joylashtirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy bel bog‘lagan.

 

Tel-Avivning asosiy maqsadi – Eronning harbiy ustunlikka erishish umidlarini puchga chiqarish hamda imkon qadar tez va qat’iy zarba berishdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика