1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil dunyoning eng obro‘siz mamalakati deb topildi

2025 yilda Isroil Nation Brands Index reytingida oxirgi o‘rinni egalladi.

Isroil dunyoning eng obro‘siz mamalakati deb topildi

 

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Isroil davlatlar o‘rtasidagi global obro‘-eʼtibor reytingida eng quyi pog‘onani egalladi. Bu haqda mamlakatlarning xalqaro imijini baholovchi Nation Brands Index tadqiqoti maʼlumotlarida qayd etilgan.

 

Hisobotda taʼkidlanishicha, bu ko‘rsatkich Isroil uchun so‘nggi 20 yil ichidagi eng past natija hisoblanadi. Reytingda davlatlarning turizm salohiyati, aholisi, madaniy imiji, immigratsiya jozibadorligi, eksport mahsulotlari va boshqaruv tizimiga bo‘lgan ishonch darajasi baholangan.

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Isroilga nisbatan salbiy munosabatlar nafaqat hukumat siyosati, balki mamlakat fuqarolariga bo‘lgan qarashlar darajasida ham kuchaygan. Bunga asosiy sabab sifatida G‘azo sektori va Quddusdagi harbiy mojarolar ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, Isroil mahsulotlari va eksportiga bo‘lgan ishonch pasaygani qayd etilib, xalqaro bozorlarda “Made in Israel” belgisi ostidagi mahsulotlarga nisbatan boykot kayfiyati saqlanib qolayotgani bildirilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan buyon G‘azo hududida yuz bergan harbiy harakatlar oqibatida 71 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ushbu holatlar fonida Isroilga nisbatan salbiy fikrlar faqat Arab va musulmon davlatlarida emas, balki Yevropa hamda Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham kengayib bormoqda.

 

Pev Research va YouGov tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, 2025 yilda AQSHda aholining 53 foizi Isroilga salbiy baho bergan. Yevropada esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya va Italiyada respondentlarning aksariyati Isroilga nisbatan tanqidiy munosabat bildirgan. Ayniqsa, yoshlar va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ijobiy qarashlarning kamayishi Isroilning xalqaro obro‘si va iqtisodiy istiqbollariga jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика