“Islomiy jihod” jangarilari juma kunidan buyon Isroilga 580 dan ortiq raketa uchirdi, deb xabar berdi “The Jerusalem Post” nashri.
Ayni vaqtda Isroil hududiga 450-470 ta raketa yetib kelgan, 120 tasi Gʻazo sektoriga qulagan.
Otilgan raketalar aholi punktlariga xavf tug‘dirsa, ular ID-raketaga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushiriladi. So‘nggi kunlarda raketalarini tutib olishga urinishlarning 97 foizi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ba’zi raketalar Isroil aholi punktlari hududida portlagan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Isroil juma kunidan beri “Islomiy jihod”ga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazmoqda.


