1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Isroil vaʼdasida turmadimi: Ukrainaga Isroil omborlaridan snaryad yetkazib berilgani aytilmoqda

Rasmiy Tel-Aviv Kiyevga qurol yetkazib bermaganini taʼkidlab keladi.

Isroil vaʼdasida turmadimi: Ukrainaga Isroil omborlaridan snaryad yetkazib berilgani aytilmoqda

 

Pentagon Ukrainaga Isroil armiyasi omborlarida joylashgan 155 mm.li artilleriya snaryadlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda amerikalik va isroillik amaldorlarga tayanib The New York Times xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 1970 yillarda Arab-Isroil urushidan keyin Amerika hududida tuzilgan omborlardan o‘q-dori yetkazib bermoqda. 2022 yilda Vashington va Tel-Aviv Ukrainaga 300 ming snaryad berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ularning yarmi allaqachon Yevropada ekani aytilmoqda.

 

2022 yil fevralida Ukraina Isroildan "Temir gumbaz" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini so‘ragandi. O‘tgan yilning oktyabrida Isroil mudofaa vaziri Beni Gans uning davlati Kiyevga qurol sotmagani va sotmasligini maʼlum qilgan.

 

Tel-Aviv Rossiyaning Suriyada o‘z manfaatlariga kuchli zarba berishidan xavotirda. Shu bilan birga, ayrim manbalar Isroilning AQSH bosimi ostida Ukrainaga bir necha million dollarlik strategik materiallar yetkazib berganini taʼkidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика