Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘l viloyatidagi yaylovlardan birida mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir chog‘ida qishloq xo‘jaligi yerlari va ularni asrab qolish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv paytida Prezident yoniga 5 yoshli bolakay kelib, o‘zini “Sadir Japarov” deb tanishtirdi.
Davlat rahbari avvaliga bu gapga ishonmay, bolaning ota-onasidan aniqlik kiritdi. Ular ismni Prezident sharafiga qo‘yganliklarini tasdiqladi. Bu kutilmagan holat Prezidentni kuldirib yubordi.
Bolakay kelajakda prezident bo‘lishi mumkinligini aytgach, Sadir Japarov unga mehnatsevar, halol va bilimli bo‘lishni maslahat berdi. Shuningdek, yurtga xizmat qilish eng oliy vazifa ekanini ta’kidladi.


