1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

ISW: Ramzan Qodirov Putinning oldida mavqeini yo‘qotishdan xavotirda

Ekspertlar rossiya prezidenti va Checheniston rahbarining kechagi uchrashuvini tahlil qildi.

ISW: Ramzan Qodirov Putinning oldida mavqeini yo‘qotishdan xavotirda

 

Amerikaning urushni o‘rganish instituti (ISW)ning kunlik hisobotida RF prezidenti va Checheniston rahbarining kechagi uchrashuvi tahlil qilindi.

 

Harbiy ekspertlarning fikricha, Ramzan Qodirov muloqotdan Vladimir Putinga chechen harbiylarining Ukrainadagi harakatlarini maqtanish uchun foydalangan. U harbiylar RF prezidenti buyrug‘ini bajarayotganini va “oxirgacha harakat qilishi”ni aytgan. Bunga javoban Putin chechen harbiylarining rolini eʼtirof etgan va suhbatdoshiga minnatdorlik bildirgan.

 

Shu bilan birga tahlilchilar Checheniston rahbari uchrashuvda asabiylashganini qayd etishgan. Bu uning katta bosim ostida o‘tirgani natijasi bo‘lishi mumkin.

 

ISW hisobotida aytilishicha, chechen harbiylari Ukrainada sezilarli muvaffaqiyatga erishmayapti. Ularning roli minimal darajada. Checheniston bo‘linmalari Lugansk viloyatining Belogorovka rayonida hujum operatsiyasini amalga oshirmoqda. Boshqa paytlarda esa bosib olingan hududlarda tartibni saqlash ishlarida ishtirok etyapti.

 

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Qodirov Putin oldidagi mavqeini yo‘qotishdan cho‘chimoqda. Chunki u yirik harbiy muvaffaqiyatlarini ko‘rsata olmayapti. Ushbu uchrashuv orqali Checheniston rahbari o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqchi bo‘lgan.

 

O‘z navbatida Putin Qodirovga bosim o‘tkazish va chechen bo‘linmalarini rolini oshirishga majburlashga harakat qilgan.

 

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика