1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Italiya Bosh vaziri tantanali kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi.

Italiya Bosh vaziri tantanali kutib olindi

Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

 

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

 

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

 

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика