1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiya elchixonasi o‘z fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

Avvalroq AQSH va Latviya fuqarolariga murojaat bilan chiqqandi.

Italiya elchixonasi o‘z fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

 

Italiyaning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga mamlakatni takr etishni tavsiya qildi. Bu haqda elchixona rasmiy saytida xabar berildi.

 

“Rossiya bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalari bilan bog‘liq qiyinchiliklarni hisobga olib, Rossiyadagi vatandoshlarga zarurat bo‘lmasa, mamlakatni tark etish tavsiya qilinadi”, — deyiladi xabarda.

 

Ta’kidlanishicha, Rossiyadan Italiya va boshqa mamlakatlarga sayohat chiptalar narxi oshib bormoqda, shuning uchun ularni oldindan xarid qilishi zarur.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика