1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Izmirda turarjoy binosiga o‘t ketdi

Yong‘in oqibatida 7 kishi jabrlangan.

Izmirda turarjoy binosiga o‘t ketdi

 

Bugun Turkiyaning Izmir shahridagi elita turarjoy majmuasida nomaʼlum sababga ko‘ra kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in juma kuni ertalab, Izmir g‘arbidagi Yenikale hududidagi uyda sodir bo‘lgan.

 

 

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning Twitter‘da yozishicha, yong‘in oqibatida 7 kishi jabrlangan. Ulardan 6 nafari karbonat angidrid gazidan zaharlangan.

 

 

Izmir gubernatori Selim Koshgerning aytishicha, qurbonlar yo‘q. Biroq uyning kirish qismi butunlay yonib ketgan.

 

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика